Slutskining Shanxayi OChLda so'nggi turda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarni boy bergan “Shanxay Shenxua” 8-turda hech bo'lmasa turnir bilan munosib xayrlashishga urinib ko'rdi. Biroq Leonid Slutskiy jamoasi bu vazifani uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailandning “Buriram Yunayted” klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv boshidayoq mezbonlar tashabbusni qo'lga oldi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat ikkinchi golni urdi. Oradan ko'p o'tmay “Shanxay Shenxua” bir futbolchisi chetlatilib, jamoa kam sonli bo'lib qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing