Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida qayg‘uli xabar: «Al-Qadisiya» safida to‘p surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» hozirda Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa tarkibida italiyalik Mateo Retegi ham bor, u avval «Atalanta» sharafini himoya qilgan.
Yosh futbolchining o‘limi sabablari rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy manbalarga ko‘ra, fojea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing