Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasini mag‘lubiyat bilan yakunladi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda «Buriram United»ga qarshi bahs esa Leonid Slutskiy shogirdlari uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish bo‘ldi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda tayland klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi: dastlab 11-daqiqada Gud Ko‘rtis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta farqni ikkitaga oshirdi. Tez orada «Shanxay Shenxua»ning bir futbolchisi maydondan chetlatilgach, o‘yin intrigasiz davom etdi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing