Saudiya Arabistonida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya futbolida qayg‘uli xabar: «Al-Qadisiya» safida to‘p surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Said hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib, ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etadi va ayni paytda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa tarkibida italiyalik hujumchi Mateo Retegi ham bor, u avvalroq «Atalanta» sharafini himoya qilgan.
Yosh futbolchining o‘limi sabablari hozircha rasman ochiqlanmadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yo‘l-transport voqeasi oqibatida yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing