Keylor Navasni Messidan ham ko'proq Neymarning o'yini lol qoldirdi

Darvozabon Keylor Navas faoliyati davomida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p surgan. Shunga qaramay, kostarikalik posbon eng kuchli taassurotni boshqa bir futbolchidan — Neymardan olganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navasning so'zlariga ko'ra, Neymar iste'dod borasida uni hayratga solgan: u to'p bilan xohlagan ishini qilar, o'ng yoki chap oyoqda o'ynashining farqi bilinmas edi. Darvozabon braziliyalik yulduzga qarshi o'yinlarda o'zini go'yo bolalariga qarshi maydonga tushgandek his qilganini ham ta'kidladi.
Hozir 34 yoshli Neymar "Santos" safida harakat qilmoqda. U avvalroq Yevropada "Barselona" va "PSJ" klublarida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing