date

Keylor Navas Messidan ham, Ronaldudan ham Neymarga tan berdi

Keylor Navas Messidan ham, Ronaldudan ham Neymarga tan berdi

Keylor Navas faoliyati davomida bir jamoada ham Lionel Messi, ham Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynagan. Shunga qaramay, kostarikalik darvozabon eng katta taassurotni boshqa futbolchi — Neymar qoldirganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Navasning so'zlariga ko'ra, Neymar iste'dod jihatidan uni hayratda qoldirgan: braziliyalik hujumchi to'p bilan xohlaganini qilar, o'ng yoki chap oyog'ida farq sezilmasdi. Darvozabon uni o'yinlarda ko'rganida, go'yo o'z farzandlariga qarshi maydonga tushgandek hissiyot paydo bo'lganini ta'kidladi.

Hozir 34 yoshli Neymar “Santos” safida to'p surmoqda. U avvalroq Yevropada “Barselona” va “PSJ” klublarida ham o'ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keylor Navas Messidan ham, Ronaldudan ham Neymarga tan berdi