Lautaro Martines 18 kundan so'ng safga qaytadi va finalda o'ynaydi

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines jamoasining so'nggi o'yinida jarohat oldi. Jurnalist Esteban Edulning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotiga ko'ra, argentinalik futbolchida boldir mushagining ikkinchi darajali cho'zilishi aniqlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Taxminlarga ko'ra, Martines qariyb 18 kun ichida to'liq tiklanib, safga qaytadi. Shunday ekan, u Argentina terma jamoasining Ispaniyaga qarshi uchrashuviga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
27 mart kuni jamoalar Finalissimadagi sovrin uchun bahs olib boradi. Ushbu to'qnashuv Amerika Kubogi amaldagi sohibi bilan Yevropa chempioni o'rtasidagi duel bo'ladi.
Ayni paytda "Inter" A Seriyada peshqadam. Ikkinchi o'rindagi "Milan" yetti ochko ortda bormoqda. "Inter"ning navbatdagi uchrashuvi 21 fevral kuni "Lechche"ga qarshi o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!