date

Kompani Mourinyuning Vinisiusga qilgan tanqidini keskin rad etdi

Kompani Mourinyuning Vinisiusga qilgan tanqidini keskin rad etdi

Lissabonda o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvi mojaroga sabab bo‘ldi: Vinisius Junior raqib futbolchi Jyanluka Prestianini irqlchilikda aybladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yindan keyin «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub ramzlaridan biri qora tanli afsona Eusebiu ekanini eslatdi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis Vinisiusning golni nisbatan provokatsion nishonlaganini ham tanqid qilib, uning harakatlarini shubha ostiga oldi.

«Bavariya» ustozi Vensan Kompani esa Mourinyuning bu yondashuvini noto‘g‘ri deb baholadi. Uning fikricha, Vinisiusning bayram qilish uslubini ro‘kach qilib, u ko‘targan muammoni «diskreditatsiya qilish» urinishga o‘xshaydi va bu katta xato.

Kompani Eusebiu nomini bugungi bahslarda dalil sifatida keltirish ham o‘rinsizligini ta’kidladi: 1960-yillarda qora tanli futbolchilar qanday sinovlardan o‘tganini hamma ham to‘liq his qilmagan bo‘lishi mumkin. Murabbiy Mourinyuni shaxsan yomon odam deb hisoblamasligini, ko‘plab futbolchilar uni hurmat qilishini aytarkan, bu vaziyatda u xato qilganini qayd etdi.

«Bavariya» shanba kuni «Ayntraxt»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Mourinyuning Vinisiusga qilgan tanqidini keskin rad etdi