Keylor Navas eng ko'p Neymarning iste'dodidan hayratda qoldi

Faoliyati davomida Keylor Navas bir jamoada Lionel Messi bilan ham, Krishtianu Ronaldu bilan ham birga to'p surgan. Biroq kostarikalik darvozabon uchun eng katta taassurot qoldirgan futbolchi — Neymar bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navasning aytishicha, braziliyalik hujumchining iste'dodi uni juda kuchli hayratga solgan: u to'p bilan xohlagan ishini qilgan, buni o'ng yoki chap oyog'ida bajarishi esa umuman ahamiyat kasb etmagan. Darvozabon Neymarni o'yinlarda kuzatganida, go'yo u o'z farzandlariga qarshi o'ynayotgandek his qilganini ta'kidlab, uni "aql bovar qilmas futbolchi" deb atadi.
Hozir 34 yoshli Neymar "Santos" sharafini himoya qilmoqda. U avvalroq Yevropada "Barselona" va "PSJ" safida ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing