date

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolida qayg‘uli xabar tarqaldi: “Al-Qadisiya” jamoasida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib, ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Al-Qadisiya” hozirda Saudiya futbolining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Klub safida italiyalik hujumchi Mateo Retegi ham o‘ynaydi, u avvalroq “Atalanta” sharafini himoya qilgan.

Yosh futbolchining vafot sabablari rasman ochiqlanmagan. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojia yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisi vafot etdi