date

Tottenhem ustozi tarkib tanqisligi haqida gapirdi

Tottenhem ustozi tarkib tanqisligi haqida gapirdi

Yaqinda «Tottenhem» bosh murabbiyi etib tayinlangan Igor Tudor «Arsenal»ga qarshi London derbisi oldidan jamoasidagi kadrlar bilan bog‘liq vaziyatni izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis «shporlar» safida ushbu uchrashuv uchun tayyor futbolchilar soni keskin kamayib ketganini ta’kidladi.

«Mashg‘ulotda atigi 13 nafar futbolchimiz bor edi. Vaziyat shunaqa. Ammo yakshanba kuni kerakli natijaga erishish uchun 13 o‘yinchi ham yetarli. Eng muhim vazifa — shu», — deya Tudordan iqtibos keltiradi ESPN.

APL turnir jadvalida London klubi 29 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

«Tottenhem» — «Arsenal» bahsi yakshanba kuni 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem ustozi tarkib tanqisligi haqida gapirdi