Kompani Mourinyuning Vinisiusga qilgan e'tirozlarini qoraladi

Chempionlar ligasining Lissabondagi o'yini ortidan mojaroli vaziyat yuzaga keldi: Vinisius Junior maydonda Jyanluka Prestianini uni irqchilikda aybladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub ramzlaridan biri qora tanli afsona Eysebiu ekanini eslatib o'tdi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis Vinisiusning golni nisbatan provokatsion tarzda nishonlaganini tanqid qilib, uning bu chiqishiga shama qildi.
«Bavariya» ustozi Vensan Kompani esa Mourinyuning pozitsiyasini xato deb baholadi. Uning aytishicha, Mourinyu Vinisiusning xarakteriga zarba berishga urinib, bayramona nishonlash uslubini ro'kach qilgan va shu orqali futbolchining o'sha paytda aytgan gaplarini qadrsizlantirmoqchi bo'lgan — bu esa katta xato.
Kompani Mourinyuning Eysebiu nomini keltirib, «Benfika»ni irqchilikdan oqlashga urinishi ham noto'g'ri ekanini ta'kidladi: 1960-yillarda qora tanli futbolchilar qanday bosimlarni boshdan kechirganini unutmaslik kerakligini eslatdi. U Mourinyu haqida yomon gap eshitmaganini, ko'plab futbolchilar uni hurmat qilishini aytar ekan, baribir bu safar mutaxassis yanglishganini qo'shib o'tdi.
«Bavariya» shanba kuni «Ayntraxt»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!