Kompani Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Vinisius Junior maydonda «Benfika» futbolchisi Janluka Prestianni tomonidan irqchilikka uchraganini aytdi. Mazkur holat yuzasidan «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani ham o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani matbuot anjumanida epizodga e’tibor qaratib, Vinisekusning reaksiyasi chinakam hissiyot bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bunday emotsiyani soxtalashtirib bo‘lmaydi va futbolchining shunchaki hakam oldiga borib, asossiz shikoyat qilishidan manfaat ko‘rinmaydi.
Mutaxassis, odatda juda diplomatik bo‘ladigan Kilian Mbappe ham ko‘rgan va eshitganlari haqida ochiq gapirganini qo‘shimcha qildi. Kompani so‘zlariga ko‘ra, «Benfika» o‘yinchisi aytganlarini futbolkasi bilan yashirishga uringan, stadiondagi ayrim muxlislar esa maymunni eslatuvchi ishoralar qilgani ham kuzatilgan. U bularning barchasi videoga tushib qolganini qayd etdi.
«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 21 fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!