Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenhxua» yetti tur yakuniga ko'ra pley-offga chiqish imkoniyatidan ayrilgan edi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqani munosib yakunlash, so'nggi bor o'z so'zini aytib qolish imkoniyati bo'ldi, biroq buni amalga oshira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga hal bo'ldi. «Buriram Yunayted» ilk bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenhxua» maydonda bir futbolchiga kamayib qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Qayd etish joiz, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!