Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib yakunladi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahsda Leonid Slutskiy shogirdlari turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo'lmasa yaxshi taassurot qoldirishga urinib ko'rdi, biroq bu reja ish bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand vakili 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" dastlabki bo'limning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchisini yo'qotib, maydonda bir kishi kam qolib ketdi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskining "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!