Karrager Bude-Glimtga hurmatni oshirishga chaqirdi

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Milaning "Inter" klubiga qarshi o'yindan so'ng Norvegiya vakili "Bude-Glimt"ning o'yinidan hayratda qolganini aytdi. Chempionlar ligasi pley-offining ilk bahsida norvegiyaliklar A Seriya jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karragerning fikricha, nomi unchalik mashhur bo'lmagan klub "Inter"ni yenggani ko'pchilik uchun kutilmagan voqea bo'lishi mumkin. Biroq u uchrashuvni ko'rganlar "Glimt"ning gollar urish uslubi va futbolchilarning sifati Chempionlar ligasi darajasiga mos ekanini payqashini ta'kidladi. Shuningdek, u bu jamoaga yanada ko'proq hurmat bilan qarash kerakligini qo'shimcha qildi.
"Inter" va "Bude-Glimt" o'rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!