Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolidan og‘ir xabar tarqaldi: «Al-Qadisiya» safida to‘p surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, marhum xotirasiga bag‘ishlangan nekrolog e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» hozirda Saudiya Arabistonining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoada, xususan, avval «Atalanta» sharafini himoya qilgan italiyalik Mateo Retegi ham o‘ynaydi. Yosh futbolchining o‘limi sabablari rasmiy ravishda ochiqlanmagan, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra esa u yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing