Karraher Budo-Glimtni ko'proq hurmat qilishga chaqirdi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karraher Milanning «Inter» jamoasiga qarshi o'yindan so'ng Norvegiya chempionati vakili «Budo-Glimt»ning o'yinini alohida e'tirof etdi. Yevropa Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk uchrashuvda norvegiyaliklar A Seriya klubini 3:1 hisobida mag'lub etib, kutilmagan natija qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karraherning aytishicha, nomi unchalik tanish bo'lmagan «Budo-Glimt»ning «Inter»ni yenggani ko'pchilik uchun shok bo'lib ko'rinadi, biroq o'yinni diqqat bilan tomosha qilganlar jamoa qanday sifatli futbol namoyish etayotganini ko'radi. U «Glimt» futbolchilari Chempionlar ligasi darajasidagi jamoaga xos tarzda harakat qilayotganini ta'kidlab, ularga yanada katta hurmat bilan qarash kerakligini bildirdi.
«Inter» va «Budo-Glimt» o'rtasidagi javob uchrashuvi 24-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!