Prestianni UEFAga Vinisiusga nima deganini aytib berdi

UEFA Chempionlar ligasida "Benfika" – "Real" uchrashuvida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Bahsdan keyin Vinisius Junior raqib jamoa futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilik ohangidagi haqorat ishlatganlikda ayblagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
ESPN xabariga ko'ra, Prestianni UEFAga ko'rsatma bergan. Argentinalik futbolchi ispan tilida irqchilik haqorati sifatida talqin qilinadigan "mono" so'zini aytganini qat'iyan rad etdi.
Uning ta'kidlashicha, u "m" harfi bilan boshlanadigan, talaffuzi o'xshash boshqa haqoratli so'zni ishlatgan. Mazkur so'z erkakning noan'anaviy jinsiy orientatsiyasiga ishora qiluvchi haqorat sifatida qo'llanadi, biroq irqchilik mazmuniga ega emas.
Qayd etilishicha, epizod paytida Prestianni og'zini futbolkasi bilan yopib olgan, shu bois lab o'qish bo'yicha ekspertlarni jalb qilish amalda samara bermaydi.
Uchrashuvda "Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!