Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida maglubiyat bilan yakunladi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy shogirdlari "Buriram Yunayted"ga qarshi hech bo‘lmasa turnir bilan chiroyli xayrlashishga urinib ko‘rdi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Buriram" uchrashuv boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kyoris, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchisi maydondan chetlatilib, jamoa kam sonli bo‘lib qolgani intriga deyarli yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!