date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs jamoa uchun turnirdan chiqish oldidan so'nggi imkoniyat — munosib xayrlashuv bo'lishi kerak edi, biroq bunaqasi chiqmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi uchrashuvda 2:0 hisobida zafar quchdi. "Buriram Yunayted" dastlabki bo'limning ilk daqiqalaridayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchisi chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qolganidan keyin o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskining "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi