date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Madridning “Real” klubini boshqargan Zidan jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng “uch ranglilar” bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi aytilmoqda. Shu tariqa, u besh yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatiga qaytadi.

Dide Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundialda fransuzlarning guruhdagi raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa saralashdagi pley-off uchrashuvlari natijasida aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin