Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

"Shanxay Shenhxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-tur yakunidayoq pley-offga chiqish imkoniyatidan ayrilgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq "eshikni qarsillatib yopish" ham amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin boshidayoq "Buriram" ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenhxua" bir futbolchisi maydondan chetlatilib, jamoa kamchilikda qolib ketdi va intriga deyarli so'ndi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenhxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!