Musiala Bundesligada 100-galabani qayd etib tarixga kirdi

Bundesliganing 23-turi doirasida Myunxenning «Bavariya» klubi Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda hujumchi Jamal Musiala asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi va 77-daqiqada almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin Musiala uchun shaxsiy jihatdan unchalik omadli o‘tmagan bo‘lsa-da, aynan shu natija unga Bundesligadagi 100-g‘alabasini taqdim etdi. 23 yoshiga hali besh kun qolgan futbolchi Germaniya chempionati tarixida ushbu marraga eng yosh bo‘lib yetgan o‘yinchi sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» hozirda Germaniya oliy ligasi turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing