Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay» Osiyo CHLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq u ham kutilganidek o'xshamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki bo'limida mezbonlar ikki marta raqib darvozasini ishg'ol etdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol muallifi bo'ldi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisidan ayrilib, maydonda kamchilikda qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!