date

Musiala Bundesligadagi 100-g'alabasini rasmiylashtirdi

Musiala Bundesligadagi 100-g'alabasini rasmiylashtirdi

Bundesliganing 23-tur uchrashuvlari doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasi Frankfurtning «Ayntraxt» klubini 3:2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvni Jamal Musiala asosiy tarkibda boshladi, biroq gol ura olmadi va 77-daqiqada almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Musiala uchun o'yin shaxsiy jihatdan u qadar omadli o'tmagan bo'lsa-da, aynan shu natija unga Bundesligadagi 100-g'alabasini taqdim etdi. 23 yoshga to'lishiga atigi besh kun qolgan hujumchi Bundesliga tarixida bu ko'rsatkichga eng erta yetgan futbolchi sifatida rekord o'rnatdi.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» Germaniya oliy ligasi turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Musiala Bundesligadagi 100-g'alabasini rasmiylashtirdi