date

Ronaldu dublidan so'ng kelajagi haqida aniq gapirdi

Ronaldu dublidan so'ng kelajagi haqida aniq gapirdi

Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Nasr» «Al-Hazm»ni 4:0 hisobida mag'lub etgan uchrashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu matbuotga intervyu berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik hujumchi o'yinda ikki bor gol urib, bahsning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham qo'lga kiritdi. Uchrashuv yakunida yulduz futbolchi kelajagi borasidagi savollarga javob qaytardi.

«Buni avval ham ko'p marta aytganman: mening kelajagim Saudiya Arabistoni bilan bog'liq. Bu yerda o'zimni baxtli his qilyapman va qolishni xohlayman», — deya Ronaldu so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Eslatib o'tamiz, oyning boshida Ronaldu klub rahbariyati ishidan norozi bo'lgani sabab jamoasining ayrim o'yinlarida ishtirok etmaslik orqali norozilik bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq u maydonga qaytdi va ketish niyati borligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu dublidan so'ng kelajagi haqida aniq gapirdi