date

Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol marrasidan oshdi

Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol marrasidan oshdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 yoshdan keyingi gollari sonini 500 taga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hazm»ga qarshi o‘yinda 13-daqiqada hisobni ochdi va bu uning 30 yoshdan keyingi 500-goli bo‘ldi. Uchrashuv yakuniga yaqin esa yulduz forvard yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, ushbu ko‘rsatkichni 501 taga olib chiqdi.

Umumiy hisobda Ronalduning professional faoliyatidagi gollari 964 taga yetdi. E’tiborlisi, u to‘plarning asosiy qismini so‘nggi 11 yil davomida urgan.

Joriy mavsum Saudiya ligasida 41 yoshli hujumchi 20 marta gol urdi. U to‘purarlar poygasida Ayven Toni (23) va Xulian Kinones (21)dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol marrasidan oshdi