Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida eng sermahsul o‘yinchi sifatida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21-fevral, shanba kuni holatiga ko‘ra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu natija uni turnirning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa olib chiqdi.
«Galatasaray» yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan taqqoslaganda ham Eldor sezilarli ustunlikka ega. Ikardining barcha o‘yinlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 martagina raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shimoliy Amerikada o‘tkaziladigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!