date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua so'nggi turda mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua so'nggi turda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish»ning iloji bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand vakillari 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» dastlabki bo'limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Muanta Supxanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisidan ayrilib, bir kishi kam bo'lib qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua so'nggi turda mag'lub bo'ldi