Ronaldu dubl bilan porladi va jamoasini yetakchilikka qaytardi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Hazm”ga qarshi 4:0 hisobidagi yirik g‘alabadan keyin uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugal yulduzi bu bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
“Hammasi yana o‘z iziga tushdi. Biz qaytdik, to‘g‘ri yo‘ldamiz va o‘zimizga ishonchimiz baland — hammasi joyida. Maqsad sari qadam-baqadam ketyapmiz. Hozir yaxshi formadamiz. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz”, — deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
22 turdan so‘ng “Al-Nasr” 55 ochko bilan Saudiya ligasida peshqadamlik qilmoqda, “Al-Hilol” esa bir ochko kam bilan ikkinchi o‘rinda. 25 fevral kuni Jorje Jezush jamoasi safarda “Al-Najma”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!