Kivu Interga kambek uchun nimalar zarurligini aytdi

Milaning “Inter” klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-offida “Bude-Glimt”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan kutganlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiya grandi ilk bahsni Norvegiyada 1:3 hisobida boy bergan. Qarama-qarshilik taqdiri 24-fevral, seshanba kuni “San-Siro”da hal bo‘ladi.
“Eng muhimi — maydonda o‘zimizga ishonch bilan va yuqori intensivlikda o‘ynash. Shunda vaziyatni o‘zgartirib yubora olamiz. Norvegiyada ham imkoniyatlarimiz bo‘lgan, ikki marta to‘p ustunga tekkandi. Keyin raqibning tezkor qarshi hujumlarida muammo paydo bo‘ldi — seshanba kuni bunga yanada ehtiyotkor yondashishimiz kerak. Men yigitlardan aynan o‘sha kuni eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishini so‘rayman”, — dedi Kivu A Seriyasida “Lechche” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyingi matbuot anjumanida.
“Inter” — “Bude-Glimt” uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!