Argentina futbol rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumonlanuvchi sifatida qayd etilgan. Huquq-tartibot organlari Tapia va Toviginoga mamlakatni tark etishni taqiqlab qo'ydi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy ajratmalar sifatida davlat g'aznasiga 13 million dollar yetib kelmagani haqidagi ma'lumotlardan keyin boshlangan.
Shuningdek, Tapia mulkidagi 10 gektarlik, vertolyot qo'nish maydonchasi bor qo'rg'on ham alohida e'tibor markaziga tushgan.
Prokuratura futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdori hamda Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlari o'rtasidagi tafovutni ham tekshirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!