Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futbolining bugungi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radimovning ta’kidlashicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda va terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatiga bormay qolish xavfi bilan yuzma-yuz. Uning aytishicha, klublar legionerlar hisobiga ma’lum darajada natija chiqarayotgani bilan, milliy jamoa darajasi ancha past.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jyennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa yo‘llanma uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Jahon chempionati 2026 yil yozida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!