date

Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin «Shanxay Shenhxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnirdagi so‘nggi imkoniyat — hech bo‘lmasa obro‘ uchun yakunlashga urinish edi, biroq bunga ham erishilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol muallifi bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir kishi kam bo‘lib qolgach, o‘yin intrigasiz tus oldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi