date

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumonlanuvchi sifatida qayd etilgan. Huquq-tartibot idoralari har ikki mansabdorga mamlakatni tark etishni taqiqladi.

So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Tergovga ko'ra, davlat g'aznasi AFA tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan ijtimoiy badallar bo'yicha 13 mln dollar yetishmovchilikni aniqlagan.

Shuningdek, Tapia mulkida bo'lgan, vertolyot maydonchasi mavjud 10 gektarlik qo'rg'on ham shubha ostida qolgan.

Prokuratura futbolchilarga berilgan bonuslar miqdoriga ham alohida e'tibor qaratmoqda: ma'lumotlarga ko'ra, bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi