date

Kuesta Parma San-Siroga ochko uchun borishini aytdi

Kuesta Parma San-Siroga ochko uchun borishini aytdi

"Parma" bosh murabbiyi Karlos Kuesta "Milan"ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. A Seriyaning 26-tur bahsi 22-fevral kuni soat 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa "San-Siro"ga ochko olish maqsadida yo'l olmoqda va o'yinga maksimal diqqat bilan yondashishi kerak. Kuesta tarkibdagi holatga ham to'xtalib, Chirkati safdan chiqqanini, Ndiaye esa umumiy mashg'ulotlarga qaytganini bildirdi. Shuningdek, Drobnich va Mena ham o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda. Murabbiy jamoa o'z kuchli tomonlaridan unumli foydalanishga urinishini qo'shimcha qildi.

Kuesta "Milan"ning uslubi o'yindan o'yinga o'zgarib turishini qayd etdi: "Como"ga qarshi bahsda raqib faol pressing qilgan, boshqa uchrashuvlarda esa tashabbusni ko'proq raqibga topshirgan. Uning fikricha, "Parma" avvalo o'z imkoniyatlariga tayanib harakat qilishi, bo'sh zonalarga kirib borishi va har ikki jarima maydonida ham qat'iy o'ynashi lozim.

Hozirda "Parma" A Seriya jadvalida 29 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda. "Milan" esa 54 ochko to'plab, ikkinchi pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kuesta Parma San-Siroga ochko uchun borishini aytdi