Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenhxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qars» yopish ham nasib etmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo‘limning avvalidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi.
Tez orada «Shanxay Shenhxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilgach, intriga deyarli yo‘qoldi va hisob o‘zgarmadi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!