date

Slutskiy boshchiligidagi Shanghai so‘nggi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Slutskiy boshchiligidagi Shanghai so‘nggi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanghai Shenhua» yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy shogirdlari «Buriram United»ga qarshi uchrashuvda musobaqa bilan munosib xayrlashishga urinib ko‘rdi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida Tailand klubi foydasiga yakunlandi. «Buriram United» birinchi bo‘limning dastlabki qismidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Tez orada «Shanghai Shenhua» bir futbolchiga kamayib qolgach, o‘yin taqdiri amalda hal bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshchiligidagi Shanghai so‘nggi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi