Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua ACLda mag‘lub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenchxua» yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda «Buriram United»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat — «eshikni qarsillatib yopish» edi, biroq bu urinish o‘zini oqlamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi uchrashuvni 2:0 hisobida yutdi. «Buriram United» ilk bo‘limning avvalidayoq ketma-ket ikki gol urdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenchxua» bir futbolchisidan ayrilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va shu holat o‘yindagi intriga deyarli yo‘qolishiga olib keldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!