date

Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jesush bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha qarorga keldi. Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa ichida Jesushning ishidan qoniqish yuqori va klub uni keyingi mavsumda ham boshqaruvda qoldirishni istamoqda. Avvalroq, agar yozda Krishtianu Ronaldu klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi haqida gaplar tarqalgan edi.

Biroq yaqinda yulduz hujumchi «Al-Nasr»da qolish niyati borligini bildirgan. Jesush klubni o‘tgan yilning iyulidan buyon boshqarib kelmoqda, hozirda esa jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Jesush bilan shartnomani uzaytirish niyatida