Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-off umidlari so'ngan «Shanxay Shenhxua» sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuvda hech bo'lmaganda turnir bilan munosib xayrlashishga urinib ko'rdi. Biroq Leonid Slutskiy jamoasi bu vazifani ham uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand vakili «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning avvalidayoq, 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat ikkinchi golni kiritdi. Tez orada «Shanxay Shenhxua» bir futbolchisi chetlatilib, maydonda son jihatdan kam bo'lib qoldi va o'yindagi intriga deyarli yo'qoldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!