Benfika Prestiannining Realga qarshi diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) Janluka Prestianni va Vinisius Junior o'rtasidagi mojaroni o'rganishda davom etmoqda. “Real” futbolchisi “Benfika” vakilini irqchilikda ayblagan, dastlabki xulosalarga ko'ra esa Prestianni tomonidan kamsituvchi xatti-harakat bo'lgani qayd etilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tekshiruv yakuniga yetmaganiga qaramay, UEFA argentinalik futbolchini vaqtincha bir o'yinga chetlatdi. Shundan so'ng “Benfika” rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Klub UEFAdan Prestiannining diskvalifikatsiyasi bo'yicha xabarnoma olganini va ushbu qaror ustidan shikoyat kiritmoqchi ekanini ma'lum qildi. Biroq muddatlar qisqaligi sabab bu jarayon “Real”ga qarshi javob uchrashuviga amalda ta'sir qilmasligi mumkin.
“Benfika” bayonotida, shuningdek, klub irqchilik va kamsitishning barcha ko'rinishlariga qarshi kurash tamoyillariga sodiq ekanini ham ta'kidladi.
“Real” va “Benfika” o'rtasidagi javob o'yini 25 fevral kuni bo'lib o'tadi. Lissabondagi ilk bahsda madridliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!