date

Slutskli Shanxay Shenxua OChLda Buriramga yutqazdi

Slutskli Shanxay Shenxua OChLda Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua»ning pley-offga chiqish imkoniyati qolmagandi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo‘lmasa obro‘ uchun kurashdi, ammo yakunda natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning avvalidayoq «Buriram Yunayted» ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifi bo‘ldi. Shundan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qolgani o‘yindagi intriga deyarli so‘nishiga olib keldi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskli Shanxay Shenxua OChLda Buriramga yutqazdi