date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida ketma-ket yetti turdan so‘ng «Shanxay Shenhxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashishdan oldingi so‘nggi urinish bo‘ldi, ammo u ham samara bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand vakili 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar dastlabki bo‘limning o‘zida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamayib qoldi va bu o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskij «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi