date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-off yo'llanmasi uchun umidi so'ngan “Shanxay Shenxua” 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi hech bo'lmasa munosib tarzda turnir bilan xayrlashishni ko'zlagandi. Biroq Leonid Slutskiy jamoasi bu safar ham kutilgan natijani bera olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand vakili “Buriram Yunayted” 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar ilk bo'limning avvalidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifi bo'ldi.

Tez orada “Shanxay Shenxua” bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qoldi. Shu vaziyat o'yindagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi va xitoyliklar hisobni o'zgartira olmadi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi