Fonseka JCHni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Donetskning «Shaxtyor»i hamda «Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka yana siyosiy mavzuda keskin fikr bildirdi. U futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShda o'tkazish g'oyasini tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fonseka ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning yondashuvi eng ko'p himoyaga muhtoj qatlamlarni e'tiborsiz qoldirib, avvalo shaxsiy manfaatni ilgari surishga qaratilgan. Murabbiy fikricha, Tramp odamlar haqida emas, asosan pul haqida o'ylaydi.
«Haqiqiy muxlislar, futbolni chin dildan sevadigan va unga sodiq odamlar boshqa joyda bellashishi kerak, AQShda emas», — deya Fonsekaning so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11-iyun kuni start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing