Dimarko Interga tezroq gol urish kerakligini aytdi

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko Chempionlar ligasida Norvegiyaning «Byodo-Glimt» jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. O'yin 23-fevral kuni o'tadi, ilk bahsda «neradzurrilar» 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dimarkoning ta'kidlashicha, «Inter» ikki to'p farqi bilan ortda kelayotgani sababli, raqibning qarshi hujumlariga maksimal e'tibor qaratishi shart. U bu mavsum Chempionlar ligasida «Byodo-Glimt»ning kontraataklari bir necha uchrashuvlarda juda xavfli bo'lganini eslatdi.
«Avvalo, gol urish haqida o'ylashimiz kerak. Keyin o'yin qanday kechishini ko'ramiz. Birinchi vazifa — imkon qadar tezroq hisobni qisqartirish», — dedi futbolchi.
Ma'lumot uchun, Dimarko joriy mavsumda 6 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!