Noyer Borussiya bilan o'yinda kutilmaganda maydonga tushishi mumkin

Fevral o'rtalarida "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jarohat olgandi. Dastlab tajribali posbon taxminan uch haftaga safdan chiqishi aytilgan, biroq uning tiklanishi kutilganidan tezroq kechayotgani ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan birga mashg'ulot o'tkazdi. U hali murakkab yuklamalarni bajargani yo'q, ammo to'p bilan ishlagani tiklanish jarayoni ijobiy ketayotganidan darak beradi.
Germaniyada Noyer 28-fevral, shanba kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahsdayoq qaytib, barchani hayratda qoldirishi mumkinligi haqida gap-so'zlar yuribdi.
Hozir "Bavariya" Bundesligada peshqadam, ikkinchi o'rindagi "Borussiya" esa undan sakkiz ochko ortda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!