date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

«Shanxay Shenhxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat — hech bo‘lmasa munosib yakun qilish edi, biroq buni uddalashmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi taym boshidayoq ikki bor aniq zarba berdi: 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta ustunlikni oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va o‘yin intrigasiga ham nuqta qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi